DataLife Engine / Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Bog'ot tumani Bog'zor mahallasidagi Ilhom ko'chasi haqida "Yangi Oʻzbekistondagi 80 yildan beri asfalt boʻlmagan koʻcha. Yomgʻir yogʻsa koʻchamizga kirib chiqib boʻlmaydi. Yozda changdan, qishda loydan juda yomon aziyat chekamiz", mazmunida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz. Mazkur holat Bogʻot tuman yoʻllardan foydalanish korxona davlat muassasasi tomonidan oʻrganilganida, ushbu murojaatda koʻrsatilgan yoʻl Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli ichki xoʻjalik yoʻli boʻlib, taʼmirlash ishlari Prezidentning 22.09.2021-yildagi 5250-sonli qaroriga asosan 50 foizi "Open Budjet" orqali ovoz toʻplab yutib olingandan keyin, qolgan 50 foizi Prezidentning 16.10.2020-yildagi 4864-sonli qaroriga asosan tuman yoʻl infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga va tuman hokimiyatiga 2022-2026-yillar davomida taqdim qilingan takliflar asosida moliyalashtirish manbai aniq boʻlgandan keyin, tender savdolarida yutib olgan tashkilot tomonidan bajarib berilishini bildiramiz.
12-03-2024, 11:00
Вернуться назад